O’zbekiston Respublikasi Prezidentining beshta tashabbusi bo’yicha impriyementatsiya strategiyasining joriy etish maqsadida 2020 yil 17 fevral kuni Toshkent shahar “Bilim” AKM mutaxassislari Sh.Atadjanova va D. Ernazarovalar tomonidan Toshkent shahrida joylashgan 4- sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatida O’zbek xalqining ulug’ shoiri G’.G’ulomning “Shum bola” asari asosida “Asar qahramonlarini jonlantiramiz” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Unda o’quvchilar asar haqida so’zlab berish bilan birga o’z munosabatlarini ham bildirishdi. ”Shum bola” va “Boy ota” obrazlarini jonlantirib berishga muvaffaq bo’ldilar. Bundan tashqari asardagi boshqa obrazlarga ham harakteristika berib o’tishdi. Kitobga bo’lgan fikr-mulohazalarini bildirishib, she’riy uslubda ta’riflab berdilar.Tadbir qizg'in va ko’tarinki tarzda bo'lib, ishtirokchilar boy taassurotlarga ega bo’ldilar. Yakuniy qismida “Bilim” AKM fondining yangi kitoblari ko’rgazmasi tashkil qilinib, ko’pgina asarlar targ’ib qilinishi bilan birga AKMda faoliyat yuritilayotgan “Faol kitobxon” va “Kitobxon ona va kitobxon bola” klublari to’g’risida ma’lumotlar berilib, ishtirokchilarga kutubxona haqidagi bukletlar taqdim qilindi.
Комментарии
Отправить комментарий