O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi bo`yicha impriementatsiya strategiyasini joriy etish maqsadida, 2020 yilning 9 mart kuni O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi Olmazor tumani Tibbiyot Birlashmasiga qarashli 20 – son Oilaviy poliklinika xodimlari hamda bemorlar bilan “Yo`l – yo`lakay o`qiymiz” loyihasining navbatdagi soni amalga oshirildi. Bugungi kunda aholining aql zakovati, yoshlarni dunyoqarashining boy bo`lishi shubhasiz kitob bilan bog`liq. Jamiyatda har bir shaxsning o`z o`rnini topa olishida, vaqtini mazmunli o`tishida ularning kitobga bo`lgan mehrini yanada oshirish maqsadida aynan Yol-yo`lakay o`qiymiz loyihasi katta ahamiyat kasb etadi. “Bilim” AKM tasarrufidagi Abdulhamid Sulaymon o`g`li Cho`lpon fondidagi tibbiyotga oid kitoblar bilan birga badiiy asarlar shifokorlar, hamshiralar va bemorlarda katta qiziqish uyg`otdi. Jumladan shifokor L.Ahmedova tabobatimiz xazinasidan bo`lmish “Qonuni Bositiy” (Bositxon tabibning “Tib qonunlari” kitobi), “Tibbiyot ensiklopediyasi”, “Bemorlarni uy sharoitida parvarishlash” kabi kitoblar alohida ahamiyatga ega deya ta`kidlab o`tdi. Poliklinikadagi bemor bolalar uchun ham bolalar adabiyotilari tavsiya etildi. Jumladan O`zbek xalq ertaklaridan “Aqlli bola” kitobiga bibliografik sharh berib o`tildi
Комментарии
Отправить комментарий