Zulfiya ijodini yod etib...

Taniqli jamoat arbobi, sadoqat va vafo kuychisi, O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaning 105 yilligiga bag’ishlab, 2020 yil 25 fevral kuni Toshlent shahar «Bilim» axborot – kutubxona markazi tasarrufidagi Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon kutubxonasi va Olmazor tumanidagi 102 – sonli zaif eshituvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab internati hamkorligida “Zulfiya ijodini yod etib…” nomli adabiy kecha bo’lib o’tdi. Shuningdek, AKM mutaxassislari tomonidan shoira Zulfiyaning kitoblari hamda badiiy adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etildi. Tadbirni 102 – sonli internat maktabining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari D. A. Yuldasheva ochib berdi. So’ng, “Bir asar tarixi” loyihasi doirasida «Bilim» AKM xodimi D. Azimova so’zga chiqib, shoiraning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot beridi. Shuningdek, mutaxasisimiz Zulfiyaning “Tong bilan shom aro” saylanmasining yozilishi, yaratilish tarixi haqida so’zlab, kitobga bibliografik sharh berdi. So'ng kutubxona fondidaga kelib tushgan yangi adabiyotlar taqdimoti o’tkazildi. Tadbir davomida 6-sinf o’quvchilari tomonidan Zulfiyaning she’rlari o’qib eshittirildi hamda o’quvchilar o’rtasida bahru-bayt uyushtirildi. Adabiy kecha yakunida, tadbirda faol qatnashgan o’quvchilarga internat va AKM xodimlari tomonidan faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg’alar taqdim etildi.




Комментарии