Axborot-kutubxona markazlari xodimlarining malakasini oshirish taraqqiyotga yetaklaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmatlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi 4354-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2020-yil 27-fevral kuni Toshkent shahаr “Bilim” axborot-kutubxona markazida Toshkentning tuman axborot-kutubxona markazlari mutaxassislarining malakasini oshirish bo’yicha navbatdagi o’quv mashg’uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg’ulot elektron resurslar va o'quv zallari ishini tashkil etish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmatlari faoliyatiga bag'ishlandi. Tadbir ishtirokchilariga yuqorida ko'rsatilgan “Bilim” AKM xizmatlari mutaxassislari tomonidan tayyorlangan prezentatsiyalar taqdim etildi. Unda “Axborot-kommunikasiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati vazifalari”, “WORD dasturida ish yuritish”, “Excel dasturida ish yuritish”, skaner va printerlardan foydalanish mavzularida, shuningdek “Elektron resurslardan foydalanish va o‘quv zallari xizmatining asosiy vazifalari”, “Kutubxonaga foydalanuvchilarni yanada kengroq jalb qilish”, “Asosiy ko‘rsatkichlarni hisobga olish va monitoringini olib borish", "O'qishga qiziqishni kuchaytirishning yangi usullari va shakllari" ma'lumotlari namoyish qilindi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o’zlarining ish faoliyatiga doir qiziqtirgan savollariga “Bilim” AKM xodimlari tomonidan javoblar olishdi va mutaxassislarimiz axborot-kutubxona faoliyati ko'nikmalarini o'zlashtirish bo'yicha o'z tavsiyalarini berdilar.





Комментарии