Milliy o’qish haftaligiga start berildi

2019 yil 2 dekabr kuni «Bilim» AKM tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomli kutubxonada Toshkent shahar Axborot va ommaviy kommunikatsiyalari boshqarmasi bilan hamkorlikda «Milliy o'qish haftaligi» loyihasi doirasida Toshkent Arxitektura litseyi o’quvchilari va Olmazor tumanidagi 133-maktabninig 4 «B» sinf o’quvchilari uchun «Tarixi boy, buguni go’zal, kelajagi buyuk shahar» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbir davomida «Foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish» bo’lim mudiri M. Inoyatova mehmonlarga Toshkentning ko’hna tarixi va hozirgi kundagi taraqqiyoti haqida gapirib berdi. Shuningdek, «Axborot-bibliografiya bo’limi»ning «O’lkashunoslik sektori» mudiri SH. Karimova tadbir ishtirokchilarini Toshkentning 2210 yilligi bilan tabriklab, Toshkentdagi bo’layotgan ulkan o’zgarishlar haqida ta’kidladi va yoshlarni o’lkaga bo’lgan mehrini oshirish maqsadida «Toshkent jonajon shahrim» nomli taqdimotini namoyish qildi.

U o’z taqdimotida Toshkent muzeylari, ziyoratgohlari va metrosi haqida so’zlab berib, yoshlarni o’z o’lkasini sevishga va qadrlashga undadi. «Axborot-bibliografiya bo’lim» mudiri V. Muratova tadbirda o’zining «Kitobxon mahalla» loyihasining taqdimoti bilan qatnashdi. Mutaxassisimiz o’quvchilarga o’zlari yashayotgan hududlarida, maxallalarda kitobxonlikni rivojlantirish bo’yicha qilinayotgan ishlar, bu ishlarni amalga oshirishda bolalar va ularning ota-onalarini yordami, o’rni haqida alohida to’xtalib o’tdi. Shundan so’ng «Umumiy o’quv zali sektori» 1-toifali mutaxassisi SH. Atadjanova «Siz Toshkentni bilasizmi? nomli viktorina savollari bilan bolajonlarga murojaat qildi. Ushbu viktorinada o’quvchilarga Toshkentga aloqador turli savollar berildi, ular katta qiziqish bilan ushbu viktorinada ishtirok etdilar. Viktorinada faol qatnashib savollarga javob bergan o’quvchilarga «Bilim» AKM mutaxassislari tomonidan esdalik sovg’alari va kutubxona haqidagi bukletlar topshirildi. Tadbir so’ngida o’quvchilar bilan kutubxona bo’ylab sayohat uyushtirildi.



Комментарии