Shu kunlarda O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda "Tashkent Book Fest-2019" I Toshkent Xalqaro kitob-ko‘rgazma yarmarkasi bo'lib o'tmoqda. Ushbu ko‘rgazmani o‘tkazilishdan asosiy maqsad kitob va mutolaani targ‘ib qilish, ishtirokchi davlatlarning adabiy merosini qo‘llab-quvvatlash, mutolaa madaniyatini shakllantirish, jahon matbaa sanoati tajribasini o‘rganish xamda ular o‘rtasida tizimli aloqalarni o‘rnatishdan iboratdir. Тadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning to‘rtinchisi – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni sifat jixatdan yangi bosqichga ko‘tarish belgilangan. Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazining direktori H. Q. Karimova boshchiligidagi mutaxassislar ushbu ko'rgazmaga tashrif buyurdilar . Ular mahalliy va xorijiy nashriyotlarning matbaa mahsulotlari bilan yaqindan tanishishib chiqishga qizqin qiziqish bildirdilar va kelajakda Bilim AKM fondini to'ldirish faoliyati uchun milliy hamda Germaniya, Rossiya, Qirg’iziston, Qozog’izton kabi qator xorijiy nashriyotlardan zarur ma'lumotlarni oldilar.
Комментарии
Отправить комментарий