Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob mutolaasiga aholini jalb qilish, foydalanuvchilarni bilim olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish va kitobxonlarga samarali xizmat ko’rsatish har bir kutubxona mutaxassisining vazifasi hisoblanadi. Foydalanuvchilarga samarali va sifatli xizmat ko’rsatishni ta’minlash, mutaxassislarga uslubiy yordam ko’rsatish maqsadida, 2019 yil 18 sentyabr kuni O’zbekiston Pespublikasi Mudofaa Vazirligi tizimidagi harbiy qism kutubxonachilari uchun Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi bo’ylab sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida mutaxassislar «Bilim» AKM bo’limlari faoliyati bilan tanishdilar. Markazning oliy toifali mutaxassislari tomonidan amaliy ko’nikmalarga ega bo’ldilar. So’ng, mehmonlar «Bilim» AKM tasarrufidagi Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon nomli kutubxonalarga tashrif buyurdilar. Kutubxonachilarimiz zamon talablariga mos tashkil etilgan kutubxonlarimizni katta qiziqish bilan ko’zdan kechirdilar. Sayohat mazmunli hamda maroqli o’tdi va albatta mehmonlarimizda katta taasurot qoldirdi.
Комментарии
Отправить комментарий