O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi -2019» tanlovi yakunlandi

     2019 yil 30 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi - 2019» Respublika tanlovi bosqichi yakunlandi. Tanlovda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi Axborot-kutubxona markazlari, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, Xalq ta'limi, Madaniyat vazirligi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalarining mutaxassislari o‘rtasida o‘tkazildi.


Tanlovning ikkinchi kunida, “Kitobsevar yoshlar - mamlakat kelajagi” mavzusidagi uy vazifasi ijodiy tanlovida jamoalarga o‘zlarining ijodiy qobiliyat va iste'dodlari, qiziqishlarini to‘liq namoyon etish imkoni berildi. Unda ishtirokchilarning hajviy va hazil-mutoyibali teatrlashtirilgan musiqiy chiqishlari, o‘z kasbiga ijodiy yondashuvi, aktyorlik mahorati, chet tillarini bilishi va jamoada ishlash ko‘nikmalari hayyat tomonidan baholandi.
Tanlov natijalari bo‘yicha quyidagi jamoalar g‘olib deb e'lon qilindi:
1-o‘rin -Toshkent shahar
2- o‘rin -Jizzax viloyati
3-o‘rin -Andijon viloyati
4-o‘rin - Navoi viloyati
5-o‘rin - Namangan viloyati




Комментарии