Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism va muassasa kutubxona xodimlarining malakasini oshirish mashg'ulotlari yakunlandi.

                  2019 yil 16 oktyabr kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi hamda O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan harbiy qismlar kutubxona xodimlarining malakasini oshirish mashg'ulotlari yakunlandi. Shu munosabat bilan barcha mashg'ulot ishtirokchilari uchun «Bilim» AKM tasarrufidagi A.Qodiriy va Cho'lpon nomli kutubxonalariga sayohat uyushtirildi. «Bilim» AKM direktori H. Karimova mashg'ulot qatnashchilarini zamonaviy qulayliklarga ega kutubxona faoliyati bilan tanishtirdi.
     Axborot texnologiyalari bo'limi mudiri D. Mo'minova A.Qodiriy va Cho'lpon nomli kutubxonalarining elektron o'quv zalida tashkil etilgan ish jarayonlari haqida so'zlab, mashg'ulot qatnashchilariga “Axborot texnologiyalari” bo'limi faoliyati, «Bilim» AKM sayti, ijtimoiy tarmoqlari, kutubxonachilar blogi va umuman axborot-kutubxona fondini raqamlashtirish haqida qiziqarli ma'lumotlarni yetkazdi. Harbiy qism kutubxona xodimlari ekskursiyadan mamnun bo'lib, o'zlari uchun qiziqarli va kerakli bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'ldilar. Shuningdek, «Bilim» axborot-kutubxona markaziga tashkil qilingan qiziqarli va malakali mashg'ulotlar uchun o'z minnatdorchiliklarini bildirdilar.


     

Комментарии