Malakali mutaxasssislar yuksak kelajak ravnaqi

2020 yil 5-mart kuni «Bilim» axborot-kutubxona markazida “Malakali mutaxasssislar yuksak kelajak ravnaqi” shiori ostidagi o'quv mashg'uloti bo'lib o'tdi. Ushbu mashg'ulotlar Toshkent shahrida yangi tashkil etilgan tuman axborot kutubxona markazlari mutaxassislarining kasbiy malakasini oshirishga qaratildi. Tadbirni «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktori H.Karimova ochib berib, bugungi kunda kututbxonachilar zimmasiga yuklatilgan vazifalar, malakali kadrlarga bo'lgan talablar haqida so'z yuritdi. Tadbirning asosiy qismida Sh.Ochilova “Jamlama xisobot daftarini yuritish tartibi”, “Inventar ktobni yuritish tartibi” haqidagi prezentatsiya qildi. G.Xadjayeva esa “Kitoblarga birlamchi texnik ishlov berish” haqida mashg'ulot o'tkazdi.
So'ng M.Usmonova “Kutubxona kataloglari faoliyatini yaratish, bibliografik sistemalashtirish, predmetlashtirish, ilmiy ishlov berish, tahrir qilish” mavzusida mashg'ulot o'tkazdi. Mavzu yuzasidan tuman axborot-kutubxona markazlari kutubxonachilari savollar bilan chiqdilar va o'z fikr, mulohazalarini bildirdilar.





Комментарии