Istiqlol ayoli

8-mart Xalqaro Xotin - qizlar bayrami munosabati bilan 2020 yil 6 mart kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon nomidagi kutubxonada, barcha tuman axborot-kutubxona markazi direktorlari uchun “Men muvaffaqiyatli ayolman” loyihasi doirasida “Istiqlol ayoli” mavzusida adabiy - musiqiy kecha bo’lib o’tdi. Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktori H. Q. Karimova so’zga chiqib, kechaga yig’ilgan barcha ayollarni kirib kelayotgan 8-mart Xalqaro Xotin - qizlar bayrami bilan tabriklab, tadbirni ochib berdi. So’ng, tashrif buyurgan mehmonlarimizga so’z navbati berildi. Mehmonlarimizdan, Toshkent shahar Olmazor tumani xotin - qizlar qo’mitasi yetakchi mutaxassisi H. Qodirova "Ayol borki - olam munavvar" mavzusi bo'yicha, Olmazor tuman Xotin-qizlar bilan ishlash bo’yicha katta inspektor, podpolkovnik G. Taymuradova “Ayollarni ijtimoiy - huquqiy muhofaza qilish mamlakatimiz ravnaqi kafolatidir” mavzusi yuzasidan so’zladi.
Shuningdek, “Zamonamizning shijoatli ayollari - Yangi O’zbekistonni ayollar bilan quramiz!” mavzusida “Hamkor Simul Servis” Inovatsion loyihalar ilmiy tadqiqot markazi rahbari, professor, shoira Sh. Sultonova hamda O’zbekiston Milliy akademik dramma teatri xalq sevgan aktrisa Z. Ashurova “Hayot va sahnada ayol obrazi” mavzusi yuzasidan gapirdi. Tadbir davomida, “Elektron resurslardan foydalanish va o’quv zallar xizmati” xodimlari tomonidan dilbar ayollarimizga bag’ishlangan she’rlar o’qib eshittirildi. So’ngra, Olmazor tumani 8-sonli madaniyat markazi va yosh xonanda Sh. Ernazarovlar sho’x qo’shiqlar ijro etdilar hamda Olmazor tumani 233-umumta’lim maktabi 5-sinf o’quvchilari o’zlarining raqslarini namoish qildilar. Tadbir yakunida, «Bilim» AKM tomonidan barcha ishtirokchilarga esdalik sovg’alar taqdim etildi va kechaga tashrif buyurgan mehmonlarga tashakkurnomalar, guldastalar topshirildi.





Комментарии