2020 yil 5 fevral kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi va O'zbekiston Respublikasi qilichbozlik federatsiyasi bilan hamkorligida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Beshta muhim tashabbusi doirasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir “Yoshlarning ma'naviy barkamolligi - millatning faxri” mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Tadbirda qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari, sport faxriysi B. Nazirov, qilichbozlik sportini rivojlantirish mutaxassisi E. Barasheva, matbuot kotibi M. Yo'ldosheva, shuningdek, «Bilim» AKM direktori H. Q. Karimova, ilmiy-uslubiy xizmati rahbari V. K. Muratova ishtirok etdilar. Tadbirda M. Yo'ldosheva tadbir mehmonlarini tanishtirdi, shuningdek, qilichbozlik bo'yicha turli xalqaro musobaqalarning g'olib va sovrindorlari haqida so'zlab berdi. Sportchilar jahon miqyosida O'zbekistonning sport sohasida erishgan yutuqlari xazinasiga munosib hissa qo'shganligi haqida gapirib o’tdilar. So'ngra H. Q. Karimova so’zga chiqib, o'z nutqida mamlakatimiz rahbarining barkamol avlodning ma'naviy-ma’rifiy salohiyatini rivojlantirish, ularni san'at va sportga keng jalb etish, yoshlarning axborot texnologiyalaridan to'g'ri foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish, yosh avlod o'rtasida kitob mutolaasini ommalashtirishga bo’lgan e'tiborini ta'kidladi. Shuningdek, Toshkent shahar AKM rahbari kitob mutolaasi yoshlarni uzluksiz o'z-o'zini tarbiyalashga va shaxs sifatida shakllanishiga alohida xissa qo’shishi haqida gapirdi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya asrida kitob nafaqat bilim manbai, balki yoshlarni intellektual faoliyatini, shaxsning umumiy madaniyatini rivojlantirish uchun muhim manba bo'lib xizmat qiladi. "Biz farzandlarimizni mutolaaga bo'lgan muhabbatini qanchalik yuksaltirsak, jahon miqyosidagi ilm-fan, texnologiya, madaniyat, san'at va sport sohalarida erishgan yutuqlari shunchalik ko'zga tashlanadi", - dedi H. Karimova.
Tadbir davomida Prezidentimizning besh muhim tashabbusi doirasida Olmazor tumanida yangi qad rostlagan A. Qodiriy va A. Cho'lpon nomli yangi zamonaviy kutubxonalar ochilishi haqida videofilmlar namoyish etildi, «Bilim» AKM mutaxassislari tomonidan tayyorlangan jahon va o'zbek mumtoz adabiyotining eng yaxshi namunalari asosida yaratilgan buktreylerlar taqdim etildi. Bundan tashqari, V. K. Muratova so'zga chiqib, Toshkent shahar «Bilim» AKMda foydalanuvchilar uchun yo’lga qo’yilgan xizmatlar, aholi o’rtasida kitobxonlik va kitob mutolaasini takomillashtirish borasida yaratilgan yangi loyihalar haqida so’zlab berdi va kutubxona fondida mavjud bo’lgan turli sohalarga oid kitoblarni mutolaa qilishga chorladi. Sport faxriysi B. Nazirov yosh sportchilarning yutuqlari haqida faxrlanib gapirib, ularning kitob o’qishga bo’lgan munosabatini kuchaytirish zarurligini aytib o’tdi. Suhbat davomida sportchilar ham jahon sport arenalarida qo’lga kiritgan yutuqlari, eng sevimli yozuvchilari va ularning asarlari haqida gapirib, o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Tadbir so'nggida M. Yuldasheva va tadbirda qatnashgan murabbiylar mehmonlarga qiziqarli davra suhbati uchun o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Minnatdorchilik belgisi sifatida tadbir qatnashchilariga esdalik sovg'alar topshirildi.
Комментарии
Отправить комментарий