“Yoʼl-yoʼlakay oʼqiymiz” loyihasi davom etmoqda




Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi boʼyicha impriementatsiya strategiyasini joriy etish maqsadida, 2020 yilning 10 fevral kuni Oʼzbekiston temir yoʼllarining Toshkent janubiy vokzal yoʼlovchilari bilan “Yoʼl-yoʼlakay oʼqiymiz” loyihasining navbatdagi soni amalga oshirildi. Unda, bugungi kunda aholi oʼrtasida kitobxonlikka boʼlgan qiziqishni yanada takomillashtirish, maʼnaviy dunyoqarashini boyitish bilan birga, xayotning xar bir lahzasini mazmunli oʼtkazish imkonini yaratish maqsadida, Poytaxtimizga xamma viloyatlardan va dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan temir yoʼl vokzalining Toshkent - Surxondaryo, Toshkent - Xorazm yoʼnalishi boʼyicha bir qancha yoʼlovchilar uchun Toshkent shahar «Bilim» axborot - kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yoʼl-yoʼlakay oʼqiymiz” loyihasining navbatdagi soni targ’ib qilindi. Bunda, kutubxona fondida mavjud boʼlgan badiiy adabiyotlar bilan birga psixologik kitoblar xam tavsiya qilindi. Jumladan, Deyil Karnegining “Qanday qilib doʼst orttirish mumkin”, “Boy boʼlish sirlari”, “Qanday qilib bezovtalikdan xalos boʼlish sirlari”, Paulo Koelxoning “Аl Kimyogar”, “Brida” kabi asarlari tavsiya etildi. Ona va bola xonalaridagi ayollarga ham farzandlari bilan mutolaa qilishlari uchun yangi nashrdan chiqqan ertak kitoblar yaʼni “Kniga - panoramka”, ”Krasnaya shapochka”, “Zolushka” “Baliqchi va baliq haqida ertak” kabi ertak kitoblar tavsiy etildi. Shuningdek, barcha vokzaldagi yo’lovchilarga adabiyotlarni mutolaa qilish uchun shart sharoitlar yaratildi. Tadbir yakunida AKM haqida va faoliyat yuritilayotgan “Kitobxon ona va kitobxon bola” hamda “Faol kitobxon” klublari haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi.



Комментарии