2020 yil 12 fevral kuni “Faol kitobxon klubi” doirasida Toshkent shahar «Bilim» axborot - kutubxona markazi tasarrufidagi texnikaviy - ilmiy elektron adabiyotlar kutubxonasda ulug' adib, shoir, olim, jamoat arbobi Oybekning 115 yilligiga bag’ishlab davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatini «Bilim» AKM mutaxassisi Sh. Atadjanova ulug’ adibning hayoti va bir qancha asarlari haqida to’xtalib, kitobxonlarga ma'lumotlar berib, tadbirni ochib berdi. Unda, asosan “Oltin vodiydan shabadalar”, “Quyosh qoraymas” asarlari va yirik tarixiy asari “Navoiy” romaniga alohida urg’u berdi. Shuningdek, adibning bir qancha poemalaridan “Dilbar davr qizi”, “O'ch”, “Baxtigul va Sog'indik”, “Temirchi Jo'ra” kabi adabiyotlarni targ’ib qilar ekan, bu poemalar o'z davrining she’riy solnomalari ekanligini ta'kidlab o'tdi. Tadbir yakunida “Faol kitobxon klubi”ga a’zo bo’lgan kitobxonlar ushbu mavzu yuzasidan o’z fikrlarini bildirdilar. Davra suhbati ishtirokchilarda chuqur taasurotlar uyg'otish bilan birga mazmunga boy tarzda bo'lib o'tdi.
Комментарии
Отправить комментарий