Sadoqat va vafo kuychisi Zulfiyaxonim tavalludining 105 yilligi

Inson qalbini, yurt dardini o’z misralarida samimiy tarannum etib, O’zbek adabiyotida o’chmas iz qoldirgan sevimli shoiramiz Zulfiyaxonimning 105 yilligi Vatanimiz bo’ylab keng nishonlanilmoqda. Shoiraning yorqin ijodi barcha she’riyat ihlosmandlarining  yuragidan chuqur joy egallagan. Shu bois, Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Sh.Atadjanova va D.Ernazarovalar tomonidan 2020 yil 28 fevralda Olmazor tumanida joylashgan “Bilim” AKM tasarrufidagi “Cho’lpon” nomli kutubxonada “Faol kitobxon” klubi doirasida “Sadoqat va vafo” kuychisi mavzusida she’riyat kechasi bo’lib o’tdi. Kechaga O’zbekiston teleradiokampaniyasi ko’ngilochar va musiqiy eshittirishlar muharririyati bo’lim mudiri, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Xalima Axmedova taklif qilinib, shoira Zulfiyaxonim she'riyati, hayoti va ijodi to’g’risida o’z fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdilar.


 “Bilim” AKM direktori X. Qo’ldosheva tadbir qatnashchilarini sevimli shoiramizga bo’lgan o’z qarashlari, ayniqsa,  rus tiliga tarjima qilingan she’rlari xususida to’xtalib o’tdilar. Kechaga Olmazor tumanidagi 185, 196, 29-maktab she’riyat ihlosmandlari ham tashrif  buyurishdi. 219- maktab o’quvchilari Zulfiyaxonim she'rlaridan ifodali o’qib, ishtirokchilar e’tiboriga havola etish bilan birga shoiraning she’riyatiga o’z fikr va qarashlarini ifodalab berishdi. Tadbir ko'taringki ruhda, mazmunga boy bo'lib, ishtirokchilar katta  taassurotlarga ega bo’lishdi. Zulfiya ijodini o’rganish, sadoqat, vafo, Vatanga bo'lgan muhabbat tuyg'ularini yanada chuqurroq his qilish ishtiyoqi ortishiga zamin yaratildi. Yakuniy qismda AKM direktori tomonidan  faol ishtirokchilarga kitoblar bilan birga kutubxona bukletlari tarqatildi.



Комментарии