O'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, mohir sarkarda

Mahalla aholisi va yoshlarni kitob mutolaasiga jalb qilish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish hamda tarixiy merosimiz o’zbek mumtoz adabiyotini keng targ’ib qilish maqsadida, 2020 yil 14 fevral kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi va «Navbahor» mahallasi bilan hamkorlikda «Kitobxon mahalla» loyihasi doirasida «O'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, mohir sarkarda» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Shuningdek, AKM mutaxassislari tomonidan «O’zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondasi Zahiriddin Muhammad Bobur» nomli ko’chma kutubxona uyushtirdilar. Tadbirni mahalla fuqarolar yig’ini raisi I. Sobirov ochib berdi. U o’z nutqida Boburning hayoti, bosib o’tgan yo’li, ijodi haqida so’z yuritdi. So’ng, umumiy o’quv zallar sektori mutaxassisi Sh. Atadjanova so’zga chiqib, Bobur ijodi haqida gapirar ekan, uning ijodida vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalari yotibdi, — deya o’z fikrini ifoda etdi hamda uning g’azallariga bog’langan muxammaslardan o’qib berdi. Tadbir yakunida mahalla kitobxonlari, shoirning g’azallaridan o’qib eshittirdilar va ko’rgazmadagi adabiyotlar bilan tanishib chiqdilar.


Комментарии