O’zbek mumtoz adabiyotining buyuk vakili


Zahiriddin Muhammad Bobur Oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Yurtimizda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan sana alohida bir bayram sifatida keng nishonlanadi. 2020-yil 13-fevralda Toshkent shahar “Bilim” axborot – kutubxona markazi Axborot – bibliografiya xizmati tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan “O’zbek mumtoz adabiyotining buyuk vakili” deb nomlangan rasmli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Bu ko’rgazmada Аxborot – bibliografiya xizmati rahbari Sh. Karimova AKM foydalanuvchilariga Boburning bosib o’tgan hayot yo’li, davlat boshqaruvida olib borgan kuchli siyosati va adabiy – badiiy faoliyati haqida kengroq ma’lumot berib o’tdi va ko’rgazmaga qo’yilgan Boburning qalamiga mansub badiiy adabiyotlar bilan tanishtirib bibliografik sharh berib o’tdi. Ko’rgazma davomida Zahiriddin Muhammad Boburning Boburnoma asaridan parchalar, ruboiylar o’qildi.


Комментарии