2020-yil 14-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kutubxonalarni kompleks avtomatlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati va xizmat rahbarlari, kutubxonalar rahbarlari, E-LINE PRESS MCHJ direktori, ID LOGIC MCHJ bosh direktori, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari, hamda Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktori H. Karimova va kutubxona mutaxassislari ishtirok etdilar. Videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan davra suhbatida kutubxona tizimidagi barcha kutubxonalarni kompleks avtomatlashtirish dasturi, axborot va kutubxona muassasalarida RFID texnologiyalarini joriy etish holati va istiqbollari muhokama qilindi. Davra suhbati ishtirokchilarini qutlar ekan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori U. A. Teshabayeva aholiga axborot-kutubxona xizmatlarining sifat jihatidan yangi tizimini yaratishga, axborot olish, amaliy va fundamental bilimlardan erkin foydalanishni ta'minlash ishlarini takomillashtirishga, axborot-kutubxona muassasalari faoliyati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga qaratilgan o‘zgarishlarining ustuvor vazifalarini aytib o‘tdi.
“ID LOGIC” MCHJ bosh direktori S. A. Nikulin “Kutubxona xodimlari xizmatining va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishning samaradorligini oshirishning ilg‘or texnologiyalari” mavzusida ma'ruza qildi. U o‘z ma'ruzasida kutubxonachilarning o‘zlari samaradorlikka erishish uchun zamonaviy kutubxona tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning mohiyatini o‘zgartirish muhimligini ta'kidladi. Shuningdek, u an'anaviy va zamonaviy xizmatlarni o‘zida mujassam etgan kutubxona muassasalarining yangi turini yaratish zarurligini ta'kidladi. «Kutubxona xodimi bugungi kunda o‘zini «ijodkor mutaxassis», ya'ni kutubxona sohasida ijodiy texnologiyalardan foydalana oladigan shaxs sifatida namoyon qilishi kerak. Bu jamiyatning axborot madaniyatini shakllantirish va takomillashtirishga, milliy tariximiz va madaniyatimizga doimiy qiziqish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish va rivojlantirishga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi». Videokonferensiya davomida “Bilim” AKM mutaxassislari tomonidan mavzuga oid savollar berildi va jamoat kutubxonalarini avtomatlashtirishni integratsiyalashtirish bo‘yicha takliflar bildirdilar. Tadbir yakunida H. Q. Karimova so’zga chiqib “ID LOGIC” MCHJ bosh direktoriga o'z minnatdorchiligini bildirib, respublikada axborot-kutubxona sohasida ajoyib yangilik bo’lganligini, mutaxassislarga va foydalanuvchilarga axborot-kutubxona muassasalaridan foydalanishda qulayliklar yaratilganligini ta’kidlab o’tdilar.

Комментарии
Отправить комментарий