Prezidentimizning 2019 yil 7 iyundagi 4354- sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2020 yil 14 fevral kuni Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazida Tuman АKMlari mutaxassis xodimlarining malakasini oshirish yuzasidan seminar trening oʼtkazildi. Seminar treningda Ilmiy uslubiyat xizmati raxbari V.Muratova seminar tinglovchilariga ushbu oʼquv amaliy mashgʼulotlar nima maqsadda tashkil qilinganini, seminarning asosiy vazifalari haqida maʼlumot berib oʼtdi. Ilmiy uslubiyat xizmati Bosh mutaxassisi S. Ribkina “Kutubxonachilik kasbining asosiy tushunchalari” mavzusi doirasida boʼlimning asosiy vazifalari, kutubxonada hisobotlarni yigʼish, ularni tahlili, uslubiy maslahat, amaliy yordam, uslubiy qoʼllanmalarni ishlab chiqish qoidalarini tushuntirib berdi. Seminar soʼngida Аxborot-bibliografiya xizmati rahbari Sh.Karimova Kutubxonada bibliografiya ishini tashkil kilish, katalog va kartotekalar tizimini yuritish, maʼlumot-bibliografik nashrlarni tayyorlash boʼyicha amaliy koʼnikmalarni berdi. Seminar koʼtarinki ruxda oʼtdi. Seminarda ishtirok etgan tuman АKM mutaxassis xodimlari oʼzlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Комментарии
Отправить комментарий