Jismoniy imkoniyati cheklangan kitobxonlar uchun, kitob mutolaasiga sharoit yaratish maqsadida 2020 yil 20 fevral kuni Toshlent shahar «Bilim» axborot – kutubxona markazi hamda Chilonzor tumani “Navbahor” mahallasi bilan hamkorlikda “Kitobxon mahalla” loyihasining navbatdagi tadbiri amalga oshirildi. Bunda, AKM xodimlari “Navbahor” mahallasi 14 uy 29 xonadon hamda 1 “A” uy 51 xonadoniga tashrif buyurib ko’chma kutubxona uyushtirdilar. Muloqat jarayonida ularning qiziqishlari e’tiborga olinib, dedektiv, fantastik hamda tarixiy asarlar targ’ib qilindi. Shuningdek, kutubxona fondida mavjud adabiyotlar haqida ma’lumotlar berildi. So’ngra xonadon egalari AKMga a’zo qilinib A. Qorjovovning “Qil ustidagi taqdir”, M. Mansur “Judolik diyori”, A. Bushkovning “Sibirskaya jut - 2” hamda E. Berrauz “Tarzan” kitoblari berildi. Tadbir yakunida, markaz tomonidan esdalik sovg’a sifatida she’riy kitoblar hadiya qilindi.
Комментарии
Отправить комментарий