Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-yanvar kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga yo’llagan murojaatnomasi doirasida ilm-ma'rifat va texnologiyalar rivojiga alohida ahamiyat qaratib, O‘zbekiston raqamli texnologiyalar sohasida juda orqada qolganligiga urgʻu berdi. Prezidentimiz o’z murojaatlarida zamonaviy bilimlarni o’zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo’lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerakligini, taraqqiyotga erishish uchun esa raqamli bilimlar va zamonaviy aхborot teхnologiyalarini egallashimiz shart va zarur ekanligini ta’kidlab o’tdilar.
Prezident O‘zbekistonda “ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga koʻtarish maqsadida yurtimizda 2020-yilga “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berishni taklif qildi. Shu munosabat bilan, Toshkent shahar “Bilim” axborot – kutubxona markazida Axborot – bibliografiya xizmati mutaxassislari tomonidan “2020 yil – Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlangan rasmli-kitob ko’rgazmasi tashkil etildi.. Elektron resurslardan foydalanish va o’quv zallari xizmati mutaxassisi D. Rahimbabayeva kitobxonlarga ko’rgazmadagi ilm-ma’rifat, madaniyat, raqamli iqtisodiyot va zamonaviy axborot texnologiyalariga oid nashrlar bilan tanishtirib, o’zlarini qiziqtirgan kitoblarni mutolaa qilishga chorladi.



Комментарии