Oʼzbekiston xalq artisti, aktrisa – Malika Ibragimova Toshkent shahar Olmazor tumani “Quyosh” MFY da yangi tashkil etilgan kutubxonaga, ushbu ziyo maskanini oʼzi nafaqada boʼlishiga qaramasdan, maʼnaviyat ulashish maqsadida fidoyilik qilayotgan Sobirova Vazira Tolipovnaga oʼzining munosib tuxfasi bilan tashrif buyurdi. 100 nusxaga yaqin badiiy adabiyotlarni mahalla aholisi va ayniqsa yoshlarga madaniy dam olishiga xissa qoʼshish, ilm-maʼrifatli insonlar safi yanada koʼpayishi tarafdori ekanligini taʼkidlagan holda topshirdi.
Kutubxona fondini bilan yaqindan tanishar ekan, Ch. Аytmatov va F. Dostoevskiy asarlarini sevib oʼqishini alohida tilga oldi. “Telba” romani eng sevgan romanim hisoblanadi, unda: “Muallif qahramonni zamonaviy muhokamalarga olib kiradi, lekin knyaz Mishkin oʼz gʼoyasiga teskari gʼoyalarga butunlay befarq boʼlib chiqadi. Mishkin Rossiyadagi hayotga, umuman mantiqqa tushuna olmaydi. Yaxshilik qilmoqchi boʼladi, natijasi yomonlikka aylanadi. Romanning asosiy mazmuni shundan iboratki, reforma paytida jamiyatdagi ziddiyatlarning kuchayishi, odamlar oʼrtasida mehr-muhabbatning orzuga aylanishidir. Romanni mayda syujetik holatlarga qarab emas, balki umumiy mazmunidan kelib chiqqan holda baholash kerak. romanda koʼtarilgan asosiy muammo – inson oʼz ustida ishlab, rivojlanib bormogʼi lozim. Bu abadiy, hamma avlodlar oldidagi muammo boʼlib, tarixning asosiy mazmuni boʼlib qoladi”. Аlbatta kitobxonga katta maʼnaviy ozuqa beradi.

Комментарии
Отправить комментарий