Hayot va mehr nomi bilan

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi boʼyicha impriementatsiya strategiyasini joriy etish maqsadida, 2020 yil 22 fevral kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot - kutubxona markazi, “Mehr va muruvvat nuri” hayriya fondi, Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika Pansionati hamda “Mideya” studiyasi hamkorligida nuroniylar uchun “Hayot va mehr nomi bilan” mavzusida ma’naviy - ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Shuningdek, AKM mutaxassislari tomonidan “Ko’k chamadonchaning tashrifi” loyihasi doirasida badiiy, tarixiy va klassik adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etildi. Pansionat direktori F. K. Akramova so’zga chiqib, yurtimizda nuroniylar uchun ko’rsatilayotgan qator hayriya ishlari bilan tanishtirib tadbirni ochib berdi. So’ng, hayriya fondi direktori T. M. Toich nuroniylarga bag’ishlab yozgan ilmiy kitobini taqdimotini namoish etdi. Aktrisa L. Aripova, “Ritm” raqs ansanbili jamoasi tomonidan nuroniylar uchun xorazm va yevropa raqslari hamda rus va o’zbek tillarida kuylar ijro etildi. Bundan tashqari, ishtirokchilar o’rasida qiziqarli o’yinlar, viktorinalar o’tkazildi. Tadbir davomida AKM xodimlari ko’chma ko’rgazmadagi barcha adabiyotlarga bibliografik sharh berdilar. Nuroniylarga adabiyot mutolaasi uchun barcha sharoitlar yaratish maqsadida, “Kutubxonalar aro abonement” shartnomasi orqali pansionat kutubxonasiga kitoblar berildi. Tadbir yakunida hamma ishtirokchilarga «Bilim» AKM va “Mehr va muruvvat nuri” hayriya fondi tomonidan esdalik sovg’alar taqdim etildi.





Комментарии