G’azal mulkining sultoni



2020 yil 4 fevral kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi qoshidagi Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho`lpon nomli kutubxonaning o’quv zalida XV asr jahon ma`naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiyga bag`ishlab “G’azal mulkining sultoni” nomli ma’naviy - ma’rifiy tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda Olmazor tumanidagi 233, 133, 216-sonli maktab o`quvchilari, hamda 25 – sonli Bolalar musiqa va san`at maktabi o`quvchilari, Shayhontoxur tumani 42 –sonli maktab o`quvchilari ishtirok etdilar. Shuningdek, AKM mutaxassislari tomonidan Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning yozgan asarlari va adabiyotlarining ko’rgazmasi tashkil etildi. AKM xodimi D. Azimova so’zga chiqib, tadbirga tashrif buyurgan o’quvchilarga Navoiy ijodining durdonasi sanalgan “Xamsa” dostoni haqida gapirar ekan hozirda butun dunyo xalqlari ham sevib o`qiyotganligini takidladi. So’ng Olmazor tumanidagi 233, 133, 216-sonli maktab o`quvchilari tomonidan A. Navoiyning dostoni va gazallari ifodali o’qib eshittirildi hamda, Shayhontoxur tumani 42 – sonli maktab o`quvchilari tomonidan sahna ko’rinishi namoish etildi. Tadbir yakunida 25 – sonli Bolalar musiqa va san`at maktabi o`quvchilari ulug’ shoirning g`azallarini kuyga solib jonli ijro etdilar.



Комментарии