Buyuk mutafakkir, so’z mulkining, g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy

2020 yil 8 fevral kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot - kutubxona markazi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi va O’zbekiston davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda Buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiyning 579 yilligiga bag’ishlangan “Buyuk mutafakkir, so’z mulkining, g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy” nomli bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirga bag’ishlab «Bilim» AKM mutaxassislari tomonidan “Buyuk adib, so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy” nomli kitoblar ko’rgazmasi uyushtirildi va yosh talaba rassomlarning chizgan asarlarining ko’rgazmalari tashkil etildi. O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Z. M. Islomov tadbirni ochib berdi. So’ng Islom akademiyasi talabalari tomonidan Navoiy qalamiga mansub g’azallar eshittirildi hamda sahna ko’rinishi namoyish etildi. Shuningdek, Toshkent shahar «Bilim» axborot - kutubxona markazining xodimi M. N. Inoyatova so’zga chiqib, buyuk shoir g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning ijodi haqida so’zlab, Navoiyning hayoti va ijodiga bag’ishlangan videofilm hamda “Farhod va Shirin” dostoniga ishlangan buktreylerni tadbir ishtirokchilariga havola etdi. Bayramga taklif etilgan mehmonlardan, O’zbekiston xalq artisti L. Sa’dullayev va G. Sa’dullayevalar, Senarist hamda kinorejissyor I. Rasulov, O’zbekiston milliy akademik dramma teatrining aktyorlari H. Hasanov hamda Sh. Hojimuradovalar so’zga chiqdilar. Tadbir yakunida O’zbekiston davlat konservatoriyasi O’zbek maqom san’ati fakultetining iqtidorli talabalaridan tarkib topgan milliy ansanbl tomonidan kuy va raqslar hamda hofiz M. Mastonov tomonidan Navoiy g’azaliga bastalangan qo’shiq ijro etildi.






Комментарии