Bobur siymosini yod etib


Ulug’ o’zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat - boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlab, 2020 yil 13 fevral kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot - kutubxona markazi tasarrufidagi Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon kutubxonasi va Olmazor tumani 52 - sonli maktabgacha ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda “Bobur siymosini yod etib” nomli badiiy musiqiy kecha bo’lib o’tdi. Tadbirda Olmazor tumanidagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdilar. Shuningdek, AKM mutaxassislari tomonidan “Ko’k chamadanchaning tashrifi” loyihasi doirasida “O’zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondasi Zahiriddin Muhammad Bobur” mavzusida adabiyotlar ko’rgazmasi hamda rasmli ertak kitoblar ko’rgazmasi uyushtirilib, ko’rgazmadagi barcha adabiyotlarga bibliografik sharh berildi.
Tadbirni O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan aktyor, “Shuhrat” medali sohibi F. Ma’sudov ochib berdi. U so’zga chiqib, buyuk bobokalonimiz Bobur hayoti va ijodi haqida gapirar ekan, uning g’zallaridan yod oldi hamda bolalarni bog’cha yoshidanoq kitobga mehr uyg’otish kerakligini alohida ta’kidlab o’tdi. So’ng 52 - sonli maktabgacha ta’lim muassasaning jajji bolajonlari tomonidan sahna ko’rinishlari va raqslar ijro etildi. Tadbir yakunida Olmazor tumanidagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari o’rtasida “Shoh va sarkarda” nomli viktorina o’tkazilib, g’oliblarga esdalik sovg’alari topshirildi.






Комментарии