"Alisher Navoiy - she'riyat mulkining sultoni"

9-fevral sanasini o'zbek xalqi an'anaviy tarzda o'zbek mumtoz adabiyotining buyuk vakili, donishmand,davlat arbobi, diplomat, gumanist Alisher Navoiy tavallud topgan kun sifatida keng nishonlab kelmoqda. Alisher Navoiyning ijodi kelajak avlodga qoldirilgan eng katta adabiy meros bo'lib, bugungi kunda barcha ilm-ma'rifatli kitobxonlarni qiziqtirib kelgan. Biz uning yorqin asarlarini sevib mutolaa qilamiz va buyuk ajdodimiz sifatida mangu ulug'laymiz. 2020-yil 5-fevral kuni Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligini nishonlash doirasida Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi “Axborot-bibliografiya xizmati" mutaxassislari tomonidan kitobxonlar uchun " Alisher Navoiy - she'riy mulkining sultoni" deb nomlangan kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. "Axborot - bibliografiya xizmati" rahbari Sh. Karimova o'quv zali foydalanuvchilari uchun Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida qisqacha ma'lumot berib o'tdi va ko'rgazmada taqdim etilgan Alisher Navoiy asarlariga, shu qatorda o'zbek mumtoz adabiyoti namoyondasi to'g'risidagi kitoblarga bibliografik sharh o'tkazdi.



Комментарии