Xalqaro mehr ko'rsatish kuni - norasmiy bayram bo'lib, bir qator xalqaro xayriya tashkilotlarining tashabbusi bilan tashkil etilgan.Ularning fikricha bu bayram dunyoviy ahamiyatga ega. Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ham insonlarga ma’rifat, ziyo tarqatishdan toliqmaydilar. Shu qatorda mehr ko’rsatish, mehribonlik tuyg’ularini yosh avlodga bolalik chog’idanoq singdirish zarur. Bunda esa albatta kitob muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan “Bilim” AKM mutaxassislari ushbu norasmiy bayram 17 - fevral Xalqaro mehr ko’rsatish kunida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida, Chilonzor tumani “Parus” ko’ngilochar maskaniga tashrif buyurishdi.
Ayrim davlatlarda bayram kuni tanish va notanish odamlarga gul taqdim etiladi. Insonlarni xursand qiluvchi so’zlar bilan kayfiyatini ko’tarishadi. Kutubxonamiz mutaxassislari esa bu kunda barchaga she’riy to’plam kitoblari va turli xil rangdagi havoda ishirilgan pufakchalar ulashishdi. Insonlar yuziga tabassum yugurdi va ilmga chanqoq bolajonlar she’riy kitoblarni qiziqib mutolaa qilishdi. Bu esa o'z navbatida boshqalarning ham kayfiyatini ko'tardi. Mehr – bu biror bir insonga nisbatan chin dildan ko'rsatiladigan samimiy tuyg'udir. Esingizda tuting, agar odam birovga mehr ko'rsatib undan minnatdorlikni kutsa, bu chin dildan ko'rsatilgan mehr hisoblanmaydi. Shunday ekan kutubxona mutaxassislari ham barcha mutolaaga oshno qalblarga beminnat xizmat ko’rsatib kelmoqda.

Комментарии
Отправить комментарий