O'zbekiston Milliy kutubxonasining 2019 yil 21-sonli tezkor yig'ilish Bayonining 13-bandida axborot – kutubxona muassasalarini qo'llash uchun yagona klassifikatsiya (universal o'nlik klassifikatsiya - UO'K) tizimini tadbiq etish hamda axborot – kutubxona fondlarini xatlovdan o'tkazish maqsadida, Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi hamda tuman axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari ishtirokida 2020 yil 22 yanvar kuni «Ilmiy texnikaviy adabiyotlarni elektron kutubxonasi» da seminar - trening o'tkazildi.
Ushbu seminar - treningda Toshkent shahar «Bilim» axborot – kutubxona markazi hamda tuman axborot – kutubxona markazlarining “Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati”, “Kataloglashtirish va tizimlashtirish xizmati”, “Umumiy fondlarni saqlash xizmati” bo'limlari rahbar va xodimlari ishtirok etdilar. Yig'ilishda tuman axborot – kutubxona markazlarini joylashtirish va saqlanishini ta'minlash, TAKM fondlarini to'ldirish, TAKM fondini universal o'nlik klassifikatsiya (UO'K) asosida tizimlashtirish, xatlovdan o'tkazish (inventarizatsiya) masalalari ko'rib chiqildi. Seminarda tuman axborot – kutubxona markazlari rahbarlari o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi va Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi rahbar va xodimlari tomonidan kerakli ma'lumotlar va ilmiy – metodik tavsiyalar berildi.
Комментарии
Отправить комментарий