2020 yil 14 yanvar kuni Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazida Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi B. Mahmudov ishtirokida tuman axborot-kutubxona markazi raxbarlari bilan davra suhbati o'tkazildi. Suhbat davomida tuman AKMlarga ajratilishi zarur bo’lgan binolar bo'yicha muammolar ko’tarilib, tumanlardagi moliya bo'limlari tomonidan axborot kutubxona markazi ishini shakllantirish borasida moddiy texnika bazasini ta'minlash va moliyalashtirish ishlarini yanada takomillashtirish masalalari ko’rib chiqildi. B. Mahmudov tuman AKM direktorlariga amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar haqida ma’lumot berdi. Barcha AKM direktorlari o’zlarini talab va takliflari bilan o’zaro fikr almashdilar.
Комментарии
Отправить комментарий