O’zbekiston Mustaqilligiga asos solgan davlat arbobi


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyevning Birinchi Prezident Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida, har yili 30 yanvar "Birinchi Prezident tavallud topgan sana" sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan, 2020 yil 28 yanvar kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot - kutubxona markazi tasarrufidagi Cho’lpon nomli kutubxona hamda Olmazor tumani 233-sonli maktab bilan hamkorlikda “O’zbekiston Mustaqilligiga asos solgan davlat arbobi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirda kutubxona mutaxassislari tomonidan ushbu mavzuga oid siyosiy va huquqiy adabiyotlar hamda Birinchi Prezident asarlarining ko’rgazmasi tashkil etildi. AKM xodimi D. Azimova Islom Karimovning hayoti haqida gapirar ekan, O’zbekiston Mustaqilligiga asos solgan zukko siyosatchi va iqtisochi, kuchli jasorat, bukilmas iroda sohibi sifatida xotiramizda mangu qolishini ta’kidlab o'tdi. Tadbir yakunida o’quvchilar o’zaro fikr almashdilar hamda uning xotirasiga bag’ishlab she’rlar yodlab berdilar.




Комментарии