Ochiq eshiklar haftaligi davom etmoqda

2020 yil 15 yanvar kuni «Bilim» AKM tasarrufidagi A. Qodiriy nomli kutubxonada tashkil etilgan “Ochiq eshiklar haftaligi”ga Olmazor tumanining 233, 261, 11, 22, 24, 224, 234-maktablari tashrif buyurdilar. Ular ko'rgazmadagi o'zlariga yoqqan rasmlarga ovoz berish jarayonida ishtirok etdilar. O’quvchilar rasmlarni ko’zdan kechirar ekanlar, shunday noyob iste'dodga ega tengdoshlari borligidan mamnun ekanliklarini bildirdilar va albatta bu kabi ko'rgazmalar tez-tez uyushtirib turilsa maqsadga muvofiq bo'lishi haqida ham o’z fikrlari bilan bo’lishdilar. 





Shuningdek, «Foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish» bo'limi mutaxassisi D.Tohirova tadbir ishtirokchilarini kutubxonadan foydalanish va a'zo bo'lish qoidalari bilan tanishtirib, ular bilan «Men sevgan asar» nomli viktorinani o'tkazdi. Viktorinadagi savol-javoblardan so’ng o'quvchilar O'tkir Hoshimovning «Dunyoning ishlari», Poyon Ravshanovning «Amir Temur sulolasi», Xudoyberdi To'xtaboyevning «Qiz bolaga tosh otmang”, Tohir Malikning «Alvido bolalik», Chingiz Aytmatovning «Oq kema» kabi asarlarini sevib mutolaa qilganlari va bu asarlar ularda katta taassurot qoldirib, dunyoqarashlarini kengaytirgani haqida gapirib berdilar. Faol qatnashgan o'quvchilarga kutubxona tomonidan esdalik sovg'alari berildi. Tadbir yakunida o'quvchilar bilan kutubxona bo'ylab sayohat uyushtirildi. Qatnashchilar kutubxona fondidan o'zlarini qiziqtirgan adabiyotlarini olib mutolaa qildilar.



Комментарии