«Bilim» AKM tasarrufidagi A. Qodiriy nomli kutubxonada “Ochiq eshiklar haftaligi” davom etmoqda. 2020 yil 14 yanvar kuni haftalikka Oliy Majlis deputati Xurshid Do'stmuhammad, Olmazor tumani xalq ta'limi bo'limi mudiri Z. Azimbayeva, Nuroniy jamg'armasining tuman kengashi raisi M. Mirpo'latovlar ham tashrif buyurdilar. Ular ko'rgazmadagi rasmlarni tomosha qilib, o'zlariga yoqqan rasmlarni varaqalarga belgilab chiqdilar. “Foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish” bo'limi mutaxassisi D. Tohirova mehmonlarni kutubxona va a'zo bo'lish qoidalari bilan tanishtirdi. Ko'rgazmaga Olmazor tumanidagi 165, 16, 28, 133, 219, 315, 234-maktab o’quvchilari ham tashrif buyurdilar. Kutubxona mutaxassisi D. Tohirova tadbirga kelgan o'quvchilarni “Vatan himoyachilari kuni” bilan tabriklab, “Men ham Vatan himoyachisi bo'laman” mavzusida davra suhbatini o'tkazdi.
Bundan maqsad: yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Vatanga bo'lgan muhabbatini yanada oshirishdir. Davra suhbatida o'quvchilar qiziqish bilan qatnashib, bir-birlari bilan Vatan himoyachisi bo'lish haqida fikr almashdilar. Suhbatda faol qatnashgan o'quvchilarga kutubxona tomonidan esdalik sovg'alari berildi. Tadbir so'ngida o'quvchilar bilan kutubxona bo'ylab sayohat uyushtirildi. O'quvchilar kutubxona fondidan o'zlariga yoqqan adabiyotlarni mutolaa qilishlari uchun sharoit yaratib berildi.
Комментарии
Отправить комментарий