Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yurtimiz bo’ylab shodiyonalar davom etmoqda. Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik xalqimiz uchun eng katta boylikdir. Vatan sha’ni va obro’sini o’zining or-nomusidek himoya qilishga doimo tayyor turgan, milliy armiya safida xizmat qilayotgan mard o’g’lonlarimiz bilan faxrlansak arziydi. Shu munosabat bilan, 2020 yil 15 yanvar kuni Toshkent shahar «Bilim» AKM ning foydalanuvchilarga hizmat ko’rsatish bo’limi mutahassislari RIMSAL o’quvchilari bilan hamkorlikda “Mening armiyam-mening tayanchim” mavzusida adabiy musiqiy kecha bo’lib o’tdi. Kechani litsey o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari F. Sodiqov ochib, barchani bayram bilan qutladi. Tadbir chaqiriqqa yoshlarni tayyorlash bo’yicha bo’lim mudiri O. Jumayev boshchiligidagi o’quvchilarning harbiy chiqishi bilan davom etdi. So’ngra o’quvchilar tomonidan Vatanni madh etuvchi she’rlar va kuy-qo’shiqlar ijro qilinib, davraga o’zgacha ko’tarinkilik bag’ishladi. «Bilim»AKM mutaxassisi Sh. Atadjanova tomonidan mavzuga mos viktorina savol-javoblar bilan tadbir yanada jonlanib boyitildi. Tadbirda «Bilim» AKM fondi va “Faol kitobxon klubi” to’g’risida ishtirokchilarni yaqindan tanishtirib qisqacha ma’lumotlar ham berib o’tildi. Tadbir yakuniy qismida AKM axborot bibliografiya bo’limi tomonidan mavzuga doir kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilingan bo’lib, Yunusaliyeva Sh. tomonidan kitoblar sharhlab o’tildi. Bugungi kun yoshlarida o’z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg’ularini yanada mustaxkamlashda bunday tadbirlar chuqur ahamiyatlidir. Yurtimiz osoyishtaligini ko’z qorachig’idek asrashda astoydil bel bog’lagan mard o’g’lonlarimiz doimo omon bo’lishsin!
Комментарии
Отправить комментарий