Kitob ko'ngil gavhari

Mustaqil O‘zbekiston davlati asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ardoqli farzandi, mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov jonajon Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan mamlakatimizni qayta tikladi. Islom Karimov serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan xalq farovonligi, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib, tarixda o‘chmas iz qoldirdi. 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash hamda Prezidentimiz olg’a surgan besh tashabbusning to’rtinchisi yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida, Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktori H. Karimova 2020 yil 29 yanvar kuni Olmazor tumani “Quyosh” mahallasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida H. Karimova “Quyosh” mahallasi qoshida tashkil qilingan kutubxona bilan tanishdi va yoshlarni kitob mutolaasiga jalb qilish uslublari haqida mahalla faollari bilan fikr almashdi. Tashrif yakunida «Bilim» AKM direktori mahalla kutubxonasi fondiga “O’zbekiston mustaqilligining 25 yilligi” ga bag’ishlangan kitobni sovg’a tariqasida taqdim etdi.




Комментарии