Buyuk davlat va siyosat arbobi - I. A. Karimov

Respublikamizda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud kuni munosabati bilan qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Islom Karimov o'zining ko'p qirrali siyosiy faoliyati, oliyjanob insoniy fazilatlari bilan mamlakatimizning ko'p asrlik tarixida o'chmas iz qoldirdi. U yorqin, ko'zga ko'ringan shaxs va davlat arbobi sifatida nafaqat O'zbekistonda, balki xalqaro hamjamiyatda katta hurmat va obro'ga ega bo'lgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2020 yil 29 yanvarda «Bilim» axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari tomonidan “Buyuk davlat va siyosat arbobi - I. A. Karimov” mavzuda kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. Shuningdek, kutubxona foydalanuvchilarining ko’rmazdagi adabiyotlar bilan tanishtirish va ma’rifiy bilimlarini oshirish maqsadida bibliografik obzor o'tkazildi.

Комментарии