Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi PQ-4354-sonli qarorining 4-bandini ijrosini taʼminlash hamda Respublika bolalar kutubxonasi tashkil topganligining 55 yilligi munosabati bilan Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazida “Bilimli bolalar yurt kelajagi” ko’rgazmasi tashkil etildi.
Bolalar adabiyoti deganda yozuvchilar tomonidan bolalarga mo’ljallangan qiziqarli ertaknamo asarlarni tushunamiz. Shuningdek, kattalarga atalgan, biroq bolalar ma'naviyatini boyitadigan, ularga ma'rifiy-estetik zavq berishi mumkin bo'lgan ayrim asarlar xam bolalar kitobxonligini tashkil etadi.
Bolalar adabiyoti deganda yozuvchilar tomonidan bolalarga mo’ljallangan qiziqarli ertaknamo asarlarni tushunamiz. Shuningdek, kattalarga atalgan, biroq bolalar ma'naviyatini boyitadigan, ularga ma'rifiy-estetik zavq berishi mumkin bo'lgan ayrim asarlar xam bolalar kitobxonligini tashkil etadi.
Ijtimoiy ong shakllari, mafkuraviy ishning barcha sohalari kabi bolalar adabiyoti ham voqelik bilan, hayotdagi turli ijtimoiy hodisalar hamda insoniyat turmushi bilan uzviy bog'liq bo'lib, ularni o'ziga xos vositalarda badiiy aks ettiradi. Bolalar adabiyotida aks ettiriladigan voqelik hayotiy, haqqoniy tasvirlanishi hamda ularning ruhiyatiga, ongiga mos, tushunarli va qiziqarli bo'lishi kerak. Bunday asarlar yosh kitobxon qalbida muayyan o'y-fikr uyg'otishi, uning nafosatini o'stirishi va eng muhimi voqelikka nisbatan ma'lum munosabat uyg'otishi lozim. Haqqoniylik va badiiylikning mukammal birligi bolalar adabiyotining ham zarur shartidir. Bu borada “Bilim” AKM xodimlari ham yosh avlodni ma’naviy bilimlarini oshirishda ildam qadam tashlashmoqda. “Axborot-bibliografiya” bo’limi mutaxassisi Sh. Yunusaliyeva “Bilimli bolalar yurt kelajagi” ko’rgazmasidan o’rin olgan adabiyotlar bilan yosh kitobxonlarimizni tanishtirdi. Bolalarga odob ahloq haqida o’rgatuvchi ertaklardan o’qib eshittirdi. Kitobxon bolajonlarimiz kutubxona xodimini diqqat bilan tinglashdi va albatta eshitgan ertaklaridan xulosa chiqardilar.
Комментарии
Отправить комментарий