Siz qonunni bilasizmi?

   Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi Olmazor tumanida joylashgan Cho’lpon nomidagi kutubxonada “Milliy o’qish haftaligi” davom etmoqda. Joriy yilning 6 dekabr kuni Olmazor tumani 133 va 233-sonli maktab o’quvchilari uchun 8 dekabr O’zbekiston Respublikasi qabul qilingan kunning 27 yilligiga baq’ishlab “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida viktorina bo’lib o’tdi. Shuningdek, AKM mutaxassislari tomonidan “Konstitutsiya - baxtimiz tayanchi” nomli siyosiy va huquqiy adabiyotlar ko’rgazmasi uyushtirilib, ko’rgazmadagi adabiyotlarga bibliografik sharh berildi. “Foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish” bo’limi bosh kutubxonachisi D. Tohirova so’zga chiqdi va barcha o’quvchilarni ushbu bayram bilan tabriklab, Konstitutsiyamiz xalqimizning asaliy orzu-intilishlarini o’zida mujassam etgani, mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatni qurish va xalqimiz farovon hayotining huquqiy kafolati ekanligini alohida ta’kidlab tadbirni ochib berdi. O’z fikrini bildirish maqsadida 233-sonli maktab o’quvchisi I. Azimova so’zga chiqib, yurtimizda yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, qiziqqan soha bilan muntazam shug’ullanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi haqida gapirdi. Tadbir davomida AKM mutaxassisi Sh. Atadjanova o’quvchilarni  huquqiy bilimlarini sinash maqsadida  “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida viktorina o’tqazdi, viktorinada faol qatnashgan o’quvchilarga esdalik sovg’alar taqdim etildi.



Комментарии