2019 yil 3 dekabr kuni «Bilim» AKM tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomli kutubxonada «Milliy o’qish haftaligi» doirasida «Men muvaffaqiyatli ayolman» mavzusida 233-umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirda maktabning 7 «B» sinf o’quvchilari qatnashdilar. Davra suhbatini «Bilim» AKM direktori H. Karimova ochib berar ekan, ayollarning jamiyatdagi tutgan o’rni va Prezidentimizning «Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko’rki bo’lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko’rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo’lib qolgan» ligi haqidagi so’zlarida alohida to’xtalib o’tdi.
U o’z nutqida yig’ilganlarga bu suhbatni Olmazor tumani Mahalla jamg’armasining bosh mutaxassisi Lola Soatovaning hayoti va mehnat faoliyatiga bag’ishlanganligini ta’kidladi. Tashrif buyurgan mehmonimiz davra suhbati davomida qatnashchilarga o’z mehnat faoliyati haqida so’zlab berar ekan, ta’lim olishning ahamiyati, bugun mamlakatimizda xotin-qizlar qatnashmagan birorta sohani topa olmasligimiz, ular o’zini-o’zi boshqarish organlari, mahalla fuqarolar yig’inlari ishida ham samarali faoliyat ko’rsatayotganligi, Prezidentimizning ayollarga mamlakatning barcha jabhalarida o’zlarining faolliklarini namoyon etishlariga keng yo’l ochib berayotganlari haqida o’z fikrlarini bildirdilar va shu darajaga erishishlarida o’zlarining harakatlari va ko’p badiiy kitob mutolaa qilganlari, talabalik vaqtlarida «Mening birinchi kitobim» rukni ostidagi adabiyotlarni ko’plab o’qiganlari katta yordam bergani haqida so’zlab berdilar. Ular o’quvchilarga bir nechta adabiyotlar, ya’ni O’tkir Hoshimovning «Ikki eshik orasi», Tohir Malikning «Alvido bolalik» va shunga o’xshagan qator asarlarni o’qishni tavsiya etdi. Tadbirda Olmazor tumani «Ma’naviyat va ma’rifat» bo’limi rahbari M. Alibayeva ham qatnashib, bolalarni ko’prog kitob mutolaa qilishga chaqirdi. Tadbir davomida o’quvchilar jurnalist vazifasini bajarish maqsadida mehmonimizga qiziqarli savollar bilan murojaat qilib, ayol haqida o’zlari yod olgan she’rlaridan parchalar o’qib berdilar. Tadbir so’ngida L. Soatovaga guldasta sovg’a qilindi, tadbirda faol qatnashgan o’quvchilarga esa kutubxona tomonidan kitoblar va kutubxona haqidagi bukletlar tarqatildi.
Xulosa qilib aytganda, ayol – ijodkor, ayol – har ishda madadkor. Hayotni hayotga, avlodni avlodga ulovchi ayol. Ayol – oilaning, jamiyatning ishonchi, tayanchidir.
Xulosa qilib aytganda, ayol – ijodkor, ayol – har ishda madadkor. Hayotni hayotga, avlodni avlodga ulovchi ayol. Ayol – oilaning, jamiyatning ishonchi, tayanchidir.
Комментарии
Отправить комментарий