O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - ijtimoiy taraqqiyotning mustahkam tayanchi va huquqiy kafolati, mamlakatimiz mustaqilligining yorqin timsoli. Uning qabul qilinishi mamlakat suverenitetining muhim bosqichlaridan biriga aylandi. Asosiy qonun inson huquqlari va erkinliklarini, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni ta'minlash, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish uchun asos yaratdi. Bu ijtimoiy munosabatlarni izchil rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi va fuqaro, jamiyat va davlat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning yo'nalishini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 2019 yil 6 dekabr kuni «Bilim» axborot-kutubxona markazining axborot-bibliografiya bo‘limi mutaxassislari tomonidan barcha toifadagi kutubxona foydalanuvchilari o‘rtasida huquqiy bilim va huquqiy adabiyotlarni targ‘ib qilish maqsadida “Konstitutsiya - baxtimiz kafolati” mavzusida ko‘rgazma tashkil etildi. O’lkashunoshunoslik sektori mudiri Sh. Karimova umumiy o'qish zalining foydalanuvchilari uchun ko'rgazmada taqdim etilgan nashrlarning bibliografik sharhini o'tkazdi. O’tkazilgan sharh davomida axborot-bibliografiya bo'limining mutaxassisi foydalanuvchilarga mamlakatimizning Asosiy Qonunini qabul qilish tarixi haqida ma'lumot berdi. Bibliografik obzor yakunida ishtirokchilar ko'rgazma materiallarini qiziqish bilan batafsil ko'rib chiqdilar.
Комментарии
Отправить комментарий