O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusining 4 yo'nalishini amalga oshirish yuzasidan, yoshlarni kitob mutolaasiga jalb qilish uchun turli xil tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning 4 dekabr sanasida Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi Olmazor tumanida joylashgan Cho’lpon nomidagi kutubxonada “Milliy o’qish haftaligi” doirasida “Kitobni jonlantiramiz” shiori ostida yozuvchi G’ofur G’ulomning “Shum bola” asari kitobxonlar tomonidan jonlantirildi. Shuningdek, “Foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish” bo’limining mutaxassisi Sh. Аtadjanova bolalarning sevimli yozuvchisi bo’lmish G’ofur G’ulomning asarlari haqida to’xtalib, ishtirokchilarga qisqacha ma’lumotlar berib o’tdi. “Axborot bibliografiya” bo’limi xodimlari tomonidan yozuvchining kitoblari ko’rgazmasi uyushtirilib, ko’rgazmadagi adabiyotlarga bibliografik sharh berildi. So’ng Olmazor tumani 185-sonli maktabning 5-6 sinf o’quvchilari hamda “Faol kitobxon” klubi a’zolari “Shum bola” asari qahramonlari to’g’risidagi fikrlarini aytib o’rtoqlashishdilar. Tadbir so’ngida, “Shum bola” asari 185-sonli maktab o’quvchilari tomonidan jonlantirilib, sahna ko’rinishi ijro etildi. Faol qatnashganlarga AKM tomonidan esdalik sovg’alar tarqatildi.
Комментарии
Отправить комментарий