2019 yil 3 dekabr kuni «Bilim» axborot-kutubxona markazining o’quv zalida «Navbahor» mahallasida istiqomat qiluvchi jismonan imkoniyati cheklangan oilalarning farzandlari uchun «Imkonsizlikdan imkon topganlar» mavzusida «Xalqaro nogironlar kuni»ga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni «Foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish» bo’limi mutaxassisi Sh. Atadjanova ochib berdi. U mehmonlarga kutubxona haqida ma’lumot berib, kutubxonadan foydalanish qoidalari bilan tanishtirdi, shuningdek Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «Nogironligi bo’lgan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmoni, «Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida»gi Qonuni va nogironligi bo’lgan shaxslarga qanday imtiyozlar borligi haqida aytib o’tdilar. Tadbir davomida qatnashchilarga kutubxona fondida mavjud bo’lgan brayl yozuvidagi kitoblar haqida ma’lumot berilib, mutolaa qilish uchun berildi. Tadbir so’ngida ishtirokchilarda kutubxonaga a’zo bo’lish istagi tug’ildi.
Комментарии
Отправить комментарий