Birgalikda kitob oʼqiymiz

2019 yil 2 dekabr kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot - kutubxona markazi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4354 sonli qaror ijrosiga ta’minlash maqsadida, Chinobod sanatoriyasida salomatligini tiklayotgan otaxonlar va onaxonlar uchun «Yo’l-yo’lakay o’qiymiz» loyihasi doirasida «Birgalikda kitob oʼqiymiz» nomli koʼchma kutubxona tashkil etildi. Kutubxona hodimlari tashrifini dam oluvchilar juda yaxshi kutib oldilar. Jumladan, Xodjaeva Jamilaxon ona Tursunoy Sodiqovaning «Аyolga qasida», Yunusova Nasibaxon ona Toxir Malikning «Nafs kishanlari», Karimova Mamlakat ona kabi dam oluvchilari esa Аbdulla Qahhorning «Dumli odamlar», Аbu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Gabriel Garsia Markesning roman, qissa va hikoyalarini katta qiziqish bilan mutolaa qildilar. Onaxonlar kutubxona xodimlarining tashrifidan mamnun bo’lib, o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.



Комментарии