2019 yil 21 noyabr kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazida Toshkentning Olmazor-Buyuk ipak yo'li, Do'stlik-Beruniy metro yo'nalishlarida “Yo'l-yo'lakay o'qiymiz” loyihasi amalga oshirildi.
Metro bekatlarida va vagonlarning ichidagi yo'lovchilarga kutubxonaga yangi kelgan adabiyotlar bilan tanishtirish va kitoblarni targ'ib qilish maqsadida H. Xomidiyning “Daholar davrasi”, Isajon Sultonning “Xazrati Hizr izidan”, Maxmud Toirning yangi she'rlari, Gulchexra Durdievaning “Baxtning bekatida men borman”, M. Yusufning “Shoir sevgisi”, “Elimda alyorim qolur”, T. Malikning “Odamiylik mulki” va shunga o'xshagan qator adabiyotlar tarqatildi va yo'nalish oxirigacha aholi tomonidan kitoblar mutolaa qilindi. “Yo'l-yo'lakay o'qiymiz” loyihasida faol qatnashgan yo'lovchilarga esdalik sifatida kutubxona haqidagi bukletlar va she'riy kitoblar sovg'a qilindi. Ular ushbu loyixani amalga oshirilayotganligidan mamnun bo'lib, kutubxonaga a'zo bo'lish istagini bildirdilar.
Комментарии
Отправить комментарий