Loyiha doirasida mutaxassislarimiz savdo markazi sotuvchilari, haridorlar va jajji bolajonlarga AKMdagi mavjud qiziqarli asarlar, kelib tushgan yangi adabiyotlar bilan tanishish va mutolaa qilish imkoniyatini yaratib berdilar. Jumladan, A. Qodiriyning «Mehrobdan chayon», «O’tgan kunlar», Jonatan Sviftning «Guliverning sayohatlari», A. Qahhorning «Anor» nomli qissasi va hikoyalar to’plami, bolajonlar uchun 3D formatdagi «Bo’g’irsoq», «Uyning havfsizlik qoidalari», «Kichik yo’lovchilar uchun yo’l qoidalari», Aka-uka Grim ertaklari loyiha ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, loyihada qatnashgan ishtirokchilarga AKM tomonidan esdalik sovg’alar va markazimiz haqidagi bukletlar tarqatildi.
Комментарии
Отправить комментарий