Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan аxborot-kutubxona sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bois, kutubxonada faoliyat olib borayotgan mutaxassislar ish faoliyatini yangi bosqichda davom ettirishlari talab etilmoqda. Xodimlar malakasini oshirish esa ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Mana shu maqsadda, Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazida Namangan, Farg’ona hamda Andijon harbiy qismlar kutubxonachilari uchun kutubxona bo’ylab sayohat uyushtirildi. Mutaxassislar «Bilim» AKM dagi barcha bo’limlar bilan birin-ketin tanishishdi va albatta, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Shuningdek, Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda mutaxassislarimiz tomonidan harbiy qism kutubxonachilari uchun 5 kunlik malaka oshirish mashg’ulotlari tashkil qilinmoqda. 5 kun davomida darslar taqdimot yordamida yoritilib, har bir bo’lim haqida chuqurroq ma’lumotlar berib o’tilishi rejalashtirilgan. Bunda soha mutaxassislari o’z ish faoliyatiga zamonaviy yondashishi talab etiladi. Ekskursiya davomida kutubxonachilar o’zlariga zarur bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Комментарии
Отправить комментарий