Mashg`ulotlar davom etmoqda


     2019 yil 15 oktyabr kuni Toshkent  shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazida O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy  qism va muassasa kutubxonalari xodimlarining malakasini oshirish mashg'ulotining 4 - darsi bo'lib o'tdi. Mashg'ulotni “Foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish” bo'limi  mudiri M.Inoyatova olib bordi. 
     O'quv mashg'ulot foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatishning asosiy faoliyatiga taalluqli bo'lib, qatnashchilar ommaviy tadbirlarni o'tkazish, kitobxonlar formulyarini yuritish kabi kutubxona faoliyatiga oid bo'lgan ma'lumotlar bilan tanishdilar. Bo'lim xodimlari tomonidan “Kutubxona kundaligini yuritish tartibi” va “Qiziqarli kitob ko'rgazmalari” mavzusida prezentatsiyalar namoyish qilindi. Shuningdek, “Axborot-kutubxona hujjatlarini  butlash” bo'limining yetakchi kutubxonachisi G.Xadjayeva “Jamlama  hisobga olish daftari yuritish tartibi” va “Inventar kitobini yuritish tartibi” mavzularida ma'ruza qildi. Mashg'ulot savol-javoblar va o'zaro fikr almashish bilan yakunlandi.



Комментарии