Qulay axborot maktabi


        Toshkent shahridagi «Bilim» axborot-kutubxona markazida  «Qulay axborot maktabi» loyihasi doirasida elektron o'quv zali sektorida kompyuter savodxonligi bo'yicha bepul darslar qayta tiklandi. 2019 yil 18 oktabr kuni elektron o'quv zali sektori mutaxassisi D. Raximbabayeva bir guruh keksa kitobxonlar bilan mashg'ulotlar o'tkazdi. AKM mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan "Kompyuter: qadam-baqadam" maqsadli dasturiga muvofiq, 8 ta o'quv mashg'ulotlarida kitobxonlarga axborot bilan ishlashda zamonaviy qurilma sifatida kompyuter texnologiyasidan foydalanish haqidagi bilimlarini shakllantirishda yordam beriladi, Windows operatsion tizimida ishlash, standart va ofis dasturlari hamda Internetdan foydalanishga doir ko’nikmalar o’rgatiladi.

Комментарии