2019 yil 11 oktyabr kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism va muassasalari kutubxonachilarining malakasini oshirishi bo‘yicha navbatdagi o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Rejaga asosan “Ilmiy-uslubiyat” bo‘limi mudiri Sh. Ochilova tomonidan “Kutubxonachilik kasbining asosiy tushunchalari” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda kutubxonachilik kasbining asosiy faoliyati va tushunchalari haqida ma’lumot berildi. O‘quv mashg‘ulot davomida “Ilmiy-uslubiyat” bo‘limi faoliyatiga doir uslubiy qo‘llanmalar bilan tanishib chiqildi va harbiy kutubxona xodimlariga taqdim etildi.
Mashg‘ulot davomida axborot – bibliografiya bo‘limi 1-toifali kutubxonachisi Sh.Karimova “Bibliografiya” bo‘limi va uning faoliyati haqida ma’ruza qildi. “Kataloglar tizimi”, “Bibliografik kartotekalar tizimi”, “Ma’lumot-bibliografik nashrlarni yaratish” mavzulari yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Комментарии
Отправить комментарий