Mashg`ulotlar davom etmoqda


         2019 yil 14 oktyabr kuni Toshkent  shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazida  O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy  qism va muassasa kutubxonalari xodimlarining malakasini oshirishi mashg'ulotining 3-darsi bo'lib o'tdi. Mashg'ulot  axborot-kutubxona faoliyatini kataloglashtirish va uning o'rni mavzusida tashkil qilindi. Mavzuga oid “Kutubxona kataloglari” va “Katalog kartochkalari tavsifi” nomli prezentatsiyalarni axborot – bibliografiya bo'limining  1-toifali kutubxonachisi Sh.Karimova va yetakchi mutaxassisi  N.Shamuratovalar tayyorlab, qatnashchilarga taqdim etdilar. Nazariy mashg'ulotdan so'ng qatnashchilar olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida, bibliografik tavsif bo'yicha amaliy mashg'ulotlar bilan shug'ullandilar.


Комментарии